Bosh sahifa Yangiliklar

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi hamkorligi


 

Kafedrada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari: 
 
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedra institutimizning akademik litseyi va  Jomboy yengil sanoat kolleji bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMlarga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.
 
Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida kafedraning filiallari tashkil etilgan. Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat.
 
Kafedraga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kolleji bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 
 
Akademik litsey va kasb-hunar o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berib kelinayapti hamda har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etilib, litsey va kollej o'quvchilariga, shuningdek maktab o`quvchilariga ham tushuntirish ishlari olib borilayapti. 
 
Kafedraga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona rahbarlarining hamda viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kollej o'quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborishda kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash ko`zda tutilgan.

 

chop etish