Bosh sahifa Yangiliklar

Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ilmiy-uslubiy faoliyati


Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi  “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-1875-sonli qarori  ijrosini amalga oshirish doirasida talabalarga amaliy kommunikativ ko’nikma shakllanishi uchun chet tilini o’qitish metodikasi va amaliyotini takomillashtirish bo’yicha kafedrada ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. O’qitish amaliyotida ilg’or pedagogik tajribalar faol joriy etilmoqda. Xususan, kommunikativ kompetensiyalarga o’qitish CEFR (Umumevropa chet tilini egallash kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish, baholash)ga muvofiq joriy etilgan. Bu o’qituvchilarning kommunikativ yondashuvni o’rganish bilan birga CEFR darajalari bo’yicha zamonaviy darsliklar joriy etilishiga imkon beradi. Shuningdek, kafedra o’qituvchilari mazkur qaror yuzasidan o’tkazib kelinadigan, turli seminar-treninglarda mutasaddilar qatorida faol qatnashib kelmoqda.

chop etish