Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Talaba-yoshlarga takliflar


Assalomu alaykum, hurmatli talabalar. Muddatdan oldin e’lon qilingan ta’til mobaynida bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazyapsizmi? Mazmunli o‘tkazish maqsadida sizlarga bir nechta takilflarimizni bildirib o‘tamiz. Qanday taklif deysizmi? Quyida bu haqda batafsil aytib o‘tamiz:

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida TAS-IX tarmog‘ida https://tube.edu.uz  videoportali ishga tushirildi. Mazkur videoportalga mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining eng malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan  videodarslar muntazam joylashtirib boriladi. Kuzatib borishingiz mumkin.

 

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida videodarslardan iborat maxsus @eduuz_online  kanali ishga tushirildi. O'zingiz uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. 

 

  • Shuningdek, "UzReport" telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda akademik litsey o‘quvchilari uchun “Teledars” ko‘rsatuvi efirga uzatilmoqda.

 

  • Qolaversa, 23-martdan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va "Mening Yurtim" telekanali hamkorligida ingliz tili va psixologiyadan teledarslar boshlandi.  Dushanbadan jumagacha soat 10:30 dan 12:00 gacha ingliz tili va psixologiya yo‘nalishida teledarslar efirga uzatiladi.

 

  • Klaviaturaga qaramasdan yozishni mashq qila boshlang. Buning uchun internetda maxsus saytlar ishga tushirilgan. Mana o‘sha sayt https://tezyoz.uz/

 

  • Samarqand davlat chet tillar institutining rasmiy saytida ham modul tizimi faollashtirildi. Har bir fakultet, har bir kurs talabalari uchun barcha o‘quv adabiyotlar, qo‘llanmalar va darsliklar to'liq joylashtirildi. Modul tizimiga kirish https://moodle.samdchti.uz/

 

Harmatli talabalar, mana shunday ta’til vaqtlari ilmiy maqolalar yozish, kompyuter vositalalari bilan ishlash, badiiy adabiyotlar bilan tanishish, o‘zingiz sevgan mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanish kabi ishlarni amalga oshiring. Imkon qadar uyda bo‘lishga harakat qiling. Bu o'zingiz va oilangiz uchun eng foydali ish bo'ladi.

 

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish