2020-2021 o’quv yilining 1-semestrini Germaniyaning Myunxen til va tarjima Xalqaro Universitetida grant asosida o’qishni istaysizmi?
Unda SamDCHTI va Myunxen til va tarjima Xalqaro Universiteti (SDI-München) hamkorligidagi “Erasmus+ KA107 International Credit Mobility” loyihasi "Almashinuv dasturi"ga tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun: SamDCHTIda nemis tilini (birinchi yoki ikkinchi til siftida) o’qiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun.
Talablar:
- Nemis tili bo’yicha til bilish darajasi sertifikati (“Test DaF”, “Goethe Institut-Zertifikat”, “DSH” v. b. (kamida B1bo’lishi kerak, B2+ tavsiya etiladi). !!!“OnDAF” qabul qilinmaydi.
- Rus tilini kamida B1 darajada bilish (sertifikat talab etilmaydi)
Mavzu (yo’nalish): og’zaki va yozma tarjima (nemis-rus tillari)
O’qish muddat: 2020-yil 3-sentabrdan 2021-yil 28-fevralgacha
Ariza topshirish muddati: 2020-yil 25-aprelgacha
Talab etiladigan hujjatlar:
- Xorijga chiqish pasporti (agar mavjud bo’lmasa milliy passport, PDF shaklda);
- CV (“europass.cedefop.euopa.eu” formatda, ingliz yoki nemis tilida);
- Til bilish darajasi sertifikati (PDF).
Tanlov bosqichlari:
1-bosqichda talabalar so’ralgan hujjatlarini 2020-yil 25-aprelgacha intdep@inbox.ru manziliga yubirishlari kerak.
2- bosqichda talabalarning nemis va rus tillarida tarjima qilish qobiliyati bo’yicha imtihon o‘tkaziladi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib bu bosqich „online“ tarzda o’tkaziladi. (2020-yil may oyida)
3-bosqich 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan talabalar o’rtasida Germaniyaning Myunxen til va tarjima Xalqaro Universiteti tomonidan o‘tkaziladi. (2020-yil iyun oyida).
Qo’shimcha ma’lumot uchun:
Tele(fon)gram: +998979198701
E-Mail: intdep@inbox.ru
SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi