Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkilotiga grant e'lon qilindi


Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti granti asosida Silla universitetida “Korean language and culture experts” kursida ishtirok etish imkoniyati.
 
Grant kimlar uchun: 
Koreys tilini (birinchi yoki ikkinchi til siftida) o’qiyotgan 2-3-kurs bakalavriat hamda 1-kurs magistratura talabalari uchun.
 
Talablar:
1.  Koreys tili bo’yicha til bilish darajasi sertifikati. Minimum TOPIK-3 daraja bo’lishi lozim.
2.  Oxirgi uch yilda “KOICA” tashkilotining har qanday grantini olmagan bo’lishi lozim.
 
Kurs muddat:
2020-yilning iyul-sentabr oylarida
 
Ariza topshirish muddati: 
2020-yil 18-aprelgacha
 
Talab etiladigan hujjatlar:
1.  Xorijga chiqish pasporti (agar mavjud bo’lmasa milliy passport, PDF shaklda);
2.  Til bilish darajasi sertifikati (PDF).
 
Tanlov bosqichlari:
1-bosqichda talabalar so’ralgan hujjatlarini 2020-yil 18-aprelgacha intdep@inbox.ru manziliga yubirishlari kerak. 
2-bosqichda talabalar "online" tarzda SamDCHTI koreys tili o'qituvchilari tomonidan suhbatdan o’tkaziladi. (2020-yil may)
2- bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan 1 nafar talaba “KOICA” tashkiloti  tomonidan o’tkazladigan tanlovga tavsiya etiladi. 
 
Qo’shimcha ma’lumot uchun:
Tele(fon)gram: +998979198701
E-Mail: intdep@inbox.ru
 
SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi

chop etish