Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Institutda tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan ZOOM platforamasi orqali uchrashuv tashkil etildi


Joriy yilning 13-may kuni institutda tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan ZOOM platformasi orqali uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Sh.Аshurov, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlim boshligʼi B.Turobov va doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi va unda quyidagi masalalar koʼrib chiqildi.


1. 2019-yil boʼyicha monitoring natijalari.
2. 2020-yil 1-chorak natijalari. 
3. 2-chorak boʼyicha nima ishlar qilinayotganligi. 
4. Ilmiy seminarga va ilmiy kengashga tayyor ishlar boʼlsa, ularda qanaqa muammolar borligi.
5. Turli masalalar, taklif va muammolar

Uchrashuv davomida har bir doktorant va mustaqil izlanuvchilar bilan alohida suhbat oʼtkazilib, ular tomomnidan qilinayotgan ishlar, muammo takliflar soʼrab chiqildi. So'ngra karantin davri davom etishini inobatga olgan holda doktorlik dissertatsiya ishi tayyor boʼlgan doktorantlar ilmiy ishi boʼyicha ZOOM platforamasi orqali seminar oʼtkazilishiga kelishib olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

____________
SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish