Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIda Malayziya universiteti filiali ochiladi


Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti prezidenti Prof.Dr.James hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinovlar o’rtasida joriy yilning 28-may kunida onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Onlayn hamkorlik uchrashuvida 2020/2021 o’quv yilida ikkala oliygohlar o’rtasida oldindan rejalashtirilib kelinayotgan ta’lim yo’nalishlari va qo’shma dasturlarni tashkil etish, ya’ni bakalavr ta’lim bosqichida jurnalistika va turizm yo’nalishlari bo’yicha Malayziyaning “City University of Malaysia” universitetining Samarqand davlat chet tillar instituti tarkibida filialini ochish, shuningdek, bakalavr ta’lim bosqichida 2+1 qo’shma dasturi asosida maktabgacha ta’lim yo’nalishini tashkil etish (2 yil SamDCHTIda, 1 yil Malayziyaning “City University of Malaysia” universitetida tahsil olishadi ) borasida hamokorlik Memorandumi imzolandi.

Jumladan, onlayn hamkorlik uchrashuv doirasida SamDCHTIda ochiladigan Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti filialining o’quv binolarini yangi o’quv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma to’lovlarining miqdorini belgilash kabilar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu hamkorlik muzokaralari natijasida rejalashtirilgan va imzolangan hamkorlik Memorandumida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida kelasi hafta hamkorlik shartnomasi imzolanishiga kelishib oilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati 

chop etish