Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

20000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini olishni xohlaysizmi?


UNESCOning  “Savodxonlik ta’limi: muallimlarning o’rni va pedagogikaning o’zgarishi” mavzusiga bag’ishlangan savodxonlik sohasidagi  xalqaro  mukofoti  e’lon qilindi. Ushbu tanlov quyidagilarni o’z ichiga oladi:

—  Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilgan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish”ga hissa qo’shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan Qirol Sejong nomidagi UNESCO mukofoti;

— Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtirilgan “Qishloq hududlaridagi katta yoshlilar va xotin qizlar savodxonligini oshirish”ga hissa qo’shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan UNESCO mukofoti.

Tanlov shartlariga ko’ra,  Qirol Sejong nomidagi mukofot ikki nafar nomzodga hamda Konfutsiy nomidagi mukofot uch nafar nomzodga taqdim etiladi. Tanlovda g’olib chiqqanlar maxsus medal, diplom va  20000 AQSH dollari  miqdoridagi mablag’ bilan mukofotlanadilar.

UNESCOning ushbu tanlovi bo’yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar  www.unesco.org/ilpaccount veb-sahifasida ro’yxatdan o’tishlari kerak. Ro’yxatdan o’tgandan so’ng veb-sahifadagi maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to’ldirilishli zarur.

Oxirgi muddat: 2020 yil 28 iyun
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

chop etish