Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

YaDА sinovlari, BMI va MD himoyalariga puxta tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi


Ayni damda ta'lim ham, hamkorlik aloqalari ham, kurs ishlari va yakuniy imtihon jarayonlari ham barcha-barchasi masofadan turib amalga oshirilmoqda. Shuningdek,  2020-yilning 30-may kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili I fakulteti 1- bosqich guruh sardorlari bilan ZOOM orqali videokonferensiya boʼlib oʼtdi. Unda oʼquv ishlari boʼyicha prorektor F.Roʼziqulov, fakultet dekani А.Ismailov va kafedra mudirlari, M.Ismtova, Sh.Shomurodova, N.Аmriddinova va G.Obruyevalar karantin qoidalariga qat'iy amal qilishgan holda ishtirok etishdi. 
 
Hozirgi paytda mavjud karantin qoidalariga toʼliq amal qilish, oʼzini va yaqinlarini koronavirus kasalligidan asrash fakultetda masofaviy taʼlimning davom etayotgani hamda hozirgi holati, moodle taʼlim platformasidagi oʼquv kurslari, nazorat savollari, oʼquv resurslarining sifati, 1, 2, 3-bosqish talabalarining oraliq nazorat jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlash, bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy nazoratlari natijalari va YaDА sinovlariga ishtirok etishga ruxsat berish, YaDА sinovlari, BMI va MD himoyalariga puxta tayyorgarlik koʼrish va belgilangan muddatlarda uyushqoqlik bilan oʼtkazish, talabalarning taʼlim platformasidagi kurslarda faolligi, ijtimoiy tarmoqlardagi har xil kanallarda tarqatilayotgan milliy urf odatlarimiz, anʼanalarimizga zid boʼlgan xabarlardan saqlanish masalalari kabilar konferensiya jarayonida muhokama etildi.
 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish