Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlari onlayn muhokama qilindi


Joriy yilning 30-may kunida Samarqand davlat chet tillari institutida doktorantlarning ZOOM dasturida masofaviy onlayn ilmiy seminari tashkil etildi.

Unda professor-o’qituvchilar, institut rahbariyati vakillari, doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari, erkin tadqiqotchilar hamda qiziquvchilar ishtirok etishdi.

Onlayn ilmiy seminarni institut rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va tadqiqotchilarga omad yor bo’lishini ta’kidlab, seminar faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Onlayn seminarda 3-bosqich doktoranti Sh.Turniyazova, erkin tadqiqotchilardan K.Amanullayeva, A.Raximov, 3-bosqich tayanch doktoranti Z.Bozorov hamda 2-bosqich tayanch doktoranti U.Elovalar dissertatsiyalari mavzulari bo’yicha chiqishlar qilishdi. 

Seminar yakunida professor-o'qituvchilar hamda ilmiy rahbarlar chiqish qilgan doktorantlarning ishlari yuzasidan o'z fikr hamda takliflarini bildirib o'tishdilar. 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish