Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Doktorantlar o’z ilmiy ishlarini onlayn himoya qilishmoqda


Joriy yilning 12/13 iyun kunlarida Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FIL/Ped.83.01 raqamli ilmiy Kengashning navbatdagi himoya yigʼilishi bo'lib o'tdi. Unda quyidagi ilmiy ishlar himoya qilindi.

1. Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi Erkinov Suhrob Erkin oʼgʼlining 10.00.04 – “Evropa, Аmerika, Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʼyicha “Harbiy kasbga oid lisoniy birliklarning sistem-funksional xususiyatlari (ingliz tili materiali asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Safarov Shaxriyor Safarovich. Rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, professor Rizayev Baxodir Xaydarovich va  filologiya fanlari doktori, professor Shodmonov Qurbon Badriddinovichlar.

2. Buxoro muhandislik texnologiya instituti tadqiqotchisi Kamolova Sanobar Jabborovnaning 10.00.04 – Yevropa, Аmerika, Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʼyicha “Fransuz antroponimlarining diskursiv - pragmatik tavsifi” mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ismailov Salaxiddin Ismailovich. Rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, dotsent Joʼrayeva Malohat Muhammadovna hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovnalar.

3. Jizzax davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Fayzullayeva Umida Ilhomovnaning 10.00.04 – Yevropa, Аmerika, Аvstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʼyicha “Virjiniya Vulf romanlarida ayol ichki dunyosining tasvirlanishi” mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Muxammadjon Nurqasimovich. Rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, professor Baqoyeva Muhabbat Qayumovna hamda filologiya fanlari doktori, professor Xalliyeva Gulnoza Iskandarovnalar.

Himoyalar bevosita ZOOM dasturi orqali tashkil etilib, unda tadqiqotchilar o'z tadqiqot ishining mazmun-mohiyati, yangiligi, fan taraqqiyotida ahamiyatlilik darajasi to'g'risida fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish