Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

XORIJIY TILLARNI O’RGATISH BORASIDA BUYUK BRITANIYA, ROSSIYA, UKRAINA HAMDA INDONEZIYA TIL MUTAXASSISLARI O’Z FIKRLARINI BILDIRISHDI


Internet global kompyuter tarmog’ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo’nalishlarini ochilishiga sabab bo’ldi. O’quv muassasalarining texnik ta’minotini keskin o’zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo’l ochilishi o’qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli – masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi.

Masofaviy ta’limda ta’lim oluvchi va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maxsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Internet texnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon axborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini beradi.

Shu qatorda xorijiy tillarni o’rganish va o’qitishga bo’lgan extiyoj ham o’z navbatida ortib bormoqda. 2020-yilning 24-iyunida Samarqand davlat chet tillar institutida xorijning nufuzli bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan  hamkorlikda o’tkazilgan onlayn vebinar ham masofaviy ta’limni rivojlantirish hamda xorijiy tillarni o’qitishning muammo va istiqbollariga bag’ishlandi.

Jarayon doirasida Buyuk Britaniyaning Aston Universitetidan professor Sue Garton, Rossiyaning Voronej davlat universitetidan professor Elena Chayka, Ukrainaning Mikolayev davlat universitetidan professorlar Tetyana Meronenko hamda Lesya Dobrovolskaya, shuningdek, indoneziyalik indonez va ingliz tillari mutaxassisi Budiawan Mat Dawimlar ishtirok etishdi.

Jumladan, ishtiroki davomida xorijiy tillarni masofadan o’rgatish usullari, masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi, tizimning  tarkibiy maqsadi, mazmuni, vositalari va tashkiliy shakllari, tanlangan o’qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o’qitish metodi va uslublari to’g’risida Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilari bilan fikr-mulohazalarini almashishdilar.

Xorijlik til mutaxassislari ishtirokida o’tkazilgan onlayn vebinar qiziqarli va muhokamalarga boy tarzda yakunlandi, jumladan, kelgusida bu kabi onlayn vebinarlarni muntazam ravishda hamkorlikda o’tkazib borilishiga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish