Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

2019-yil — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida yangi 2019-yilni — “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlashni taklif etdi. Shu bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur. Yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berishimiz, o‘ylaymanki, ularning ta’lim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bakalavriyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishimiz kerak. Chunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi”— deb o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tdilar.

chop etish