Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Aziz yoshlar, xorijiy tillarni mukammal o’rgangan holda xalqaro doirada yurtimiz sha’nini munosib himoya qiling


Samarqand davlar chet tillar instituti

 

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI REKTORI

ILXOMJON MADAMINOVICH TUXTASINOVNING YURTIMIZ

YOSHLARIGA TABRIGI

 

Qadrli yoshlar, Sizlarni qutlug‘ ayyom — Yoshlar kuni munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman.

Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, o‘g‘il-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.  

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaydilar, “Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining aʼzosi sifatida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʼrsatmoqda. Аziz oʼgʼil-qizlarim, hech qachon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda. Shu muqaddas ishonch va masʼuliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib boʼlish – dunyodagi eng ulugʼ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin”.

Biz Sizni yaxshi ko'ramiz va Sizni yetuk malakali, yurtimiz uchun o’z kasbining munosib mutaxassisi bo'lib yetishishingiz, uning nomini yanada ulug'laydigan vatanparvar yoshlar bo'lib shakllanishingiz uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz.

Institutimizda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning va yangiliklarning barchasi Siz aziz yoshlarimizni samarali va sifatli ta’lim olishingiz, xorijiy tillarni mukammal o’rgangan holda xalqaro doirada yurtimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan yetuk malakali mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

 Yurtimizning aziz va qadrdon yoshlari, barchangizga elimiz, xalqimiz faxrlanadigan, Vatanimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo'lish baxti nasib etishini, shuningdek, yangi yutuqlar, muvaffaqiyat va omad doimo yor bo’lishini tilayman.

 Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin, aziz yoshlar!

chop etish