Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Korrupsiya jamiyat kushandasi boʼlsa, demak, uning yechimi ham oʼz qoʼlimizda


Samarqand davlar chet tillar instituti

 
Аyni kunlarda OTMlarga oʼqishga qabul qilish jarayonlari davom etmoqda. Bu vaziyatda “Yotib qolguncha, otib qol” qabilida ish tutayotgan ayrim "nafsiga qul" boʼlgan kimsalar oʼzlaricha gʼimirlab, harakatga tushib qolishgan. Bundaylarga aldanib, iskanjasiga tushib qolmasligimiz kerak.
 
Nega endi biz taʼlim sohasini korrupsiya qoʼliga berib qoʼyishimiz kerak, nega biz oʼz oilamiz va xalqimizni himoya qilmasligimiz kerak? Taʼlim sohasida ishlab turgan barcha mutasaddilar yaxshi biladi, korrupsiyani qayerda va qay koʼrinishda turganini. Bunga kechiktirib boʼlmaydigan keskin choralar koʼrilyapti. Qabul, yaʼni oʼqishga kirishda tizim oʼzgargan, shaffoflik tiklandi, oʼquv jarayoni, ichki tartib, amaliyot va bitiruv jarayonida uchraydigan jihatlardan korrupsiya ildizlari chekina boshladi. Notoʼgʼri harakatlarning barchasi samarasiz, kulfat bilan yakunlanadi.
 
Аgar biz korrupsion tashqi hujumlarga bir amallab chidab bersak, bu illat oʼz-oʼzidan yoʼqoladi. Bu borada, taʼlim muassasasida faoliyat olib borayotgan jamoaga talabalar ota-onalarining ham yordami suv va havodek zarur. Jarayonda barcha mutasaddilar tizim va jamoa boʼlib birga kurashishi maqsadga muvofiq. 
 
Bizning Yurtboshimiz bilan tarixiy uchrashuvdan soʼng tuzgan yoʼl xaritamizda, aniqroq qilib aytadigan boʼlsak, Konsepsiyada korrupsiyani oldini olish, taʼlim sohasini rivojlantirish va ilm-fan bilan ishlab chiqarish oʼrtasidagi integratsiyani joriy qilish boʼyicha oʼnlab yangi takliflar aks etgan. Va biz, albatta, ularni izchillik bilan, yurtimiz va xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib bajaramiz. 
 
Bizning nisbatan yosh, 2019-yilda 25 yoshini nishonlagan institutimiz professor-oʼqituvchilari, ayrim hamkasblaridan farqli oʼlaroq, aksariyat holda, “nafs quliga” aylanib qolishmagan. Zero, bu yoshlar mustaqillik havosidan nafas olib, boshqa mezonlar talabi bilan tahsil olishgan. Shu sababli, oylik maoshlarining koʼtarilishini toʼgʼri idrok etib, qilinajak ishlariga avans sifatida mamnunlik bilan qabul qilishdi. Shu bilan birga, bajarayotgan ishimizda hali kamchiliklar mavjudligini, bizni murakkab va serzahmat marralar kutib turganligini toʼgʼri anglashimiz zarur.
 
Ertaga emas, bugun. Chirmovuqdek chirmashib olgan bu illatni tomiri bilan sidirib tashlashimiz lozim. Yoʼqsa, bu illat bizdan farzandlarimizga, ulardan nevaralarimizga “meros” qolib, takror va takror roʼy berib, suyak surib boraveradi.
 
Ilxomjon TUXTАSINOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori

chop etish