Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Chekka hududlarda internetdan foydalanishga imkoniyati bo’lmagan talabalar mobil qurilmalar (planshetlar) bilan ta’minlanadi


Joriy yilning 10-avgust sanasida Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida ZOOM dasturida onlayn yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • yangi o’quv yilida institutga qabul qilinadigan birinchi bosqich talabalarini onlayn o’quv jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ularning onlayn o’quv jarayonlarini 1-oktabrdan boshlash;
  • dars mashg’ulotlari hamda o’quv rejalar taqsimotlari;
  • yaqinlashib kelayotgan yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish;
  • OAVlari bilan hamkorlik aloqalari samaradorligini yanada oshirish;
  • 2/3/4-bosqich talabalarining sentabr oyidan onlayn o’quv jarayonlarini boshlashi;
  • masofaviy ta’lim jarayonlari uchun Moodle elektron ta’lim platformasi faoliyatini takomillashtirish hamda undagi yaratilishi kerak bo’lgan onlayn kurslar sifatini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan fikr hamda mulohazalar almashinildi.

Shunindek, institut jamoasi o’rtasida tashkil etilgan onlayn yig’ilish so’ngida Moodle elektron ta’lim platformasining sifatini yaxshilash va masofadan dars mashg’ulotlarini davom ettira oladigan professor-o’qituvchilarni saralab olish hamda masofadan dars mashg’ulotlarini davom ettira olmaganlarning tajribasini oshirish maqsadida maxsus xaftalik kurslar tashkil etish, ta’lim sifati bilan birgalikda internet sifatini ham yaxshilash, masofaviy ta’lim jarayonida o’zining faolligi bilan ajralib turgan professor-o’qituvchilarning rag’batlantirilib borilishiga hamda chekka hududlarda internetdan foydalanishga imkoniyati bo’lmagan talabalarni mobil qurilmalar (planshetlar)  bilan ta’minlashga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Manba: SamDCHTI axborot xizmati

chop etish