Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Rektor va talabalar o’rtasidagi ochiq muloqot muntazam davom etmoqda


Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Roman-german tillari fakulteti hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari bilan onlayn muloqot o’tkazdi. Muloqot davomida yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Otabek G’aybullayev, fakultetlar dekanlari Bahodir Primov, Bahodir Odilovlar, dekan o’rinbosarlari hamda institut yoshlar yetakchisi bilan bir qatorda 100 ga yaqin talabalar ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, onlayn olimpiadalarga hamda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rishlar borasida takliflarini bildirib o’tdi. So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida onlayn savol-javob boshlanishini ma’lum qildi.

Jarayon doirasida talabalarga o’z fikr hamda takliflari bo’lsa, “Rektor bilan ochiq muloqot” deb nomlangan telegram guruhiga yozilishi yoki dekanat vakillariga murojaat qilishlari ham aytib o’tildi. Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketayotgan har xil norasmiy guruhlarga qo’shilib ketmaslik, masofaviy ta’lim jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda onlayn ta’limni sifatli davom ettirish, kontrakt to’lovlarining miqdori oshirilmaganligi, yetim, chin yetim talabalarning kontrakt to’lovlariga yordam berilishi, ta’lim jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan rasmiy sahifalar @eduuz, @samdchtijamoasi, www.samdchti.uz sahifalarini kuzatib borish lozimligi kabilar institut mutasaddilari tomonidan ta’kidlab o’tildi.

Onlayn savol-javob davomida barcha talabalarning taklif hamda fikrlari tinglandi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan berilgan atroflicha javoblarga ega bo’lishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish