Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof oʼtayotganligini kuzatib boring


Bugun, 5 sentabr kuni ertalab soat 8:00 da XORIJIY va NODАVLАT oliy taʼlim muassasalaridan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishini koʼchirish uchun roʼyxatdan oʼtgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari boshlandi. Imtihon jarayonlari respublika boʼylab 13 ta hududdagi 18 ta OTMda boʼlib oʼtmoqda. Shulardan biri Samarqand davlat chet tillar instituti hududidagi 200 oʼringa moslashgan sport zalidir.

Nomzodlar imtihon jarayonlariga sanitariya-gigiyena qoidalariga mos ravishda masofadan turib tana harorati oʼlchanib, dezinfeksion tunnellar orqali imtihonga kiritilmoqda.

Onlayn test sinovlari taʼlim yoʼnalishiga mos 2 ta fandan oʼtkazilib va quyidagicha baholanmoqda:

 1-blok fanlarda har bir toʼgʼri javobga – 3,2 ball;

 2-blok fanlarda har bir toʼgʼri javobga – 3,1 ball.

Nomzodlar test sinovlarini yakunlab boʼlgach, oʼzlari ishlagan kompyuterdan o’sha zahotiyoq oʼz natijalarini bilib olishmoqda.

Samarqand viloyati hududida boʼlib oʼtayatgan imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof oʼtayotganligini Samarqand davlat chet tillar institutining rasmiy veb-sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

 Jarayonni onlayn kuzatib borish 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

_________

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish