Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SAMDCHTI AKADEMIK LITSEYIGA KIRISH IMTIHONI BO'LIB O'TDI


Akademik litseyning 2-bosqich kirish test sinovlari 2020-yil 14-sentabrda “Lokomotiv” markaziy jismoniy tarbiya sport klubi Samarqand filiali futbol maydonida bo'lib o'tishi haqida oldin xabar qilgan edik.

Bugun bo'lib o'tgan imtihon jarayoni adolat me'zonlari asosida tashkil qilindi. Litseyga kirish istagini bildirgan o'quvchilar tengdoshlari orasida o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.

O'quvchilar test jarayonlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va  akademik litsey tomonidan berilgan testga kirish ruxsatnomasi bilan
birgalikda nazorat posti orqali ijtimoiy masofani saqlagan holda kiritildi.

- Test savollari biz o'qib chiqqan maktab darsliklari asosida tuzilgan ekan, - deydi imtihon qatnashchisi Elmira Abduraimova. - Boshida ozroq hayajonlandim, keyin savollar ketma-ketligini ko'rib, unchalik murakkab emasligini bilgach, o'zimni qo'lga olib, oliy maqsad sari harakat qildim. Natijalar yomon bo'lmasligiga ishonchim komil.

Avvalroq akademik litseylarda saralash imtihonlarini o'tkazish, rasmiylashtirish va natijalarni e'lon qilish tartibi to'g‘risidagi nizom ilova qilingan edi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

chop etish