Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

"Xalqimizga xizmat qiladigan munosib farzand bo‘lishni yuragimning tubiga tugib qo‘ydim"...


Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy o‘quv yilida xotin-qizlarimizga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida 940 o‘rinli qabul kvotalari ajratildi.

Shundan 31 nafar xotin-qizlarimiz Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bo‘lishdi. Shu munosabat bilan institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov grant asosida qabul qilingan ushbu talabalarga o‘zining tabriknomasi hamda esdalik sovg‘alar va badiiy adabiyotlar jamlanmasini xonadonlariga borib o‘z qo‘llari bilan topshirdi.

Talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning quvonchi cheksiz. Dillarida yuksak hayajon bilan shunday buyuk yurtda yashayotganliklaridan mamnun ekanligi ularning yuz-ko‘zlaridan ma’lum.

—  Bizga yaratilgan bunday imkoniyatdan boshimiz ko‘klarga yetdi, – deydi Kamila Mirsadiyeva, — Ayniqsa, ota-onamning qanchalar quvonishganini aytmaysizmi!? Kelajakda yurtimiz sharafini yuksaklarga ko‘taradigan, xalqimizga xizmat qiladigan munosib farzand bo‘lishni yuragimning tubiga tugib qo‘ydim.

31 nafar talabalarning 9 nafari Samarqand shahri, 3 nafari Urgut tumani, 1 nafari Toyloq,    3 nafari Payariq, 1 nafari Pastdarg‘om, 1 nafari Narpay, 4 nafari Qo‘shrabot, 2 nafari Kattaqo‘rg‘on, 1 nafari Ishtixon, 2 nafari Jomboy, 2 nafari Bulung‘ur, 1 nafari Jarqo‘rg‘on, 1 nafari Xiva tumanlarida istiqomat qilishadi.

Albatta, Prezidentimiz ilgari surgan bu tashabbus xotin-qizlarimizning jamiyatimizda o‘z o‘rnini topishida dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi. Ularning hayotga bo‘lgan muhabbatini yanada oshiradi va umriga mazmun bag‘ishlaydi desak yanglishmaymiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish