Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Unda nimalarga urg'u berildi?


Samarqand davlat chet tillar institutida 2020-yil 9-oktyabr kuni “Buyuk ipak yoʼlida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn tarzda boʼlib oʼtdi. Ushbu ilmiy-amaliy anjuman Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda anʼanaviy tarzda oʼtkazilib kelinmoqda.

Zoom dasturi orqali boʼlib oʼtgan ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi Buyuk Ipak yoʼlining jahon sivilizatsiyasi rivojlanishida tutgan oʼrni, Oʼzbekiston, Xitoy va boshqa davlatlarning tili, taʼlimi va madaniyati va tarixi, Buyuk Ipak yoʼli boʼylab joylashgan davlatlarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda ularni ushbu davlatlarning tarixiy rivojlanishidagi roli, salmogʼi, shuningdek, xorijiy tillar taʼlimining dolzarb muammolari tilshunoslikning zamonaviy tahlil usullari kabilarni muhokama qilishdan iboratdir.

Xalqaro maqomdagi bunday nufuzli konferensiyaning aynan ushbu muassasada oʼtkazilayotganligi bejiz emas. Zero, soʼnggi yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida xalqaro hamkorlik yaxshi yoʼlga qoʼyilganligi, oliy oʼquv yurti mutaxassislarining nufuzli xorijiy ilmiy markazlar bilan ilmiy-amaliy va pedagogik hamkorligi arzigulik natijalar berayotgani eʼtiborga molikdir. Bunga misol qilib Samarqand davlat chet tillar instituti negizida 6 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Konfutsiy instituti faoliyatini keltirishimiz mumkin. Konfutsiy institutining chet ellik oʼqituvchilari mahalliy xitoy tili oʼqituvchilari bilan birgalikda xitoy tilini va xitoy madaniyatini tadbiq qilish maqsadida hamkorlikda koʼplab ishlar amalga oshirib kelishmoqda.

Konferensiya ishida Xitoy Xalq Respublikasi, Misr, Yaponiya, Indoneziya, Germaniya kabi xorijiy davlatlar, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston kabi qoʼshni davlatlar vakillari ishtirok etishdi. Konferensiyada muhokama qilinishi rejalashtirilgan mavzular chet ellik va mahalliy olimlarda katta qiziqish uygʼotganligi tashkiliy qoʼmitaga kelib tushgan murojaatlar koʼlamida ham yaqqol koʼrinadi. Konferensiyada ishtirok etish istagini 300 dan ortiq tadqiqotchi bildirdi va tahririyat tanlovidan soʼng 170 ga yaqin tezislar qabul qilindi. Bundan tashqari shuni alohida taʼkidlash joizki konferensiyaga 10 dan ortiq uzoq va yaqin xorijiy davlatlardan ishtirokchilar oʼz maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar.

Oʼylaymizki, ushbu ilmiy-amaliy hamkorlik mustaqil yurtimizda iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarimizni yanada yuksaltirishga qodir boʼlgan, xorijiy tillar bilan birga, oʼz qadr-qimmati va oʼzga xalqlar madaniyati va mentalitetini mukammal egallagan kadrlar tayyorlashda tajriba maydoni vazifasini oʼtaydi.
 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

__________
SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish