Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

TANISHTIRUV DARSLARI: 19 YIL DEGANDA TALABALIK BAXTIGA MUYASSAR BO’LDIM


Respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalarida 12 oktabrdan boshlab 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun anʼanaviy tanishtiruv darslari boshlandi. Shu jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti ham joriy yilda qabul qilingan talabalarini oʼz bag'riga oldi.

Tashkil qilingan tanishtiruv darslariga institut maʼmuriyati, barcha professor-oʼqituvchilar jalb qilingan boʼlib, talabalar alohida guruhlarga ajratilgan holda, sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda dars jarayonlarining olib borilishi hamda institut ichki tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishishdi. Talabalik baxtiga muyassar boʼlganlarning quvonchi cheksiz, ularning yuz-koʼzlaridan ertangi kunga boʼlgan ishonch, oʼz sohasining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishish orzusi va oldiga qoʼygan marralarni zabt etishga qodir qatʼiyat sezilib turardi.

Oliy dargohga qabul qilingan talabalarni gʼururlantirgan yana bir narsa shuki, institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov har bir guruhlarga kirib, talabalarni oliy oʼquv yurtiga qabul qilinganligi bilan muborakbod etganligi boʼldi. Rektor oʼz nutqida institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni oʼqitishda kredit-modul tizimidan foydalanish, elektron kutubxona hamda dars mashgʼulotlarining qay holatda olib borilishi xususida alohida taʼkidlab oʼtdi. Oliy taʼlim ostonasida turgan talablarning kelgusidagi oʼqish va ishlariga ulkan zafarlar tiladi.

         — Men bugun oʼzimni hammadan baxtiyor his etyapman, – deydi talabalik nashidasini surayotgan Gavhar Oʼsarova. — Sababi men 19 yil deganda bu baxtga erishdim. Joriy yil boʼlib oʼtgan imtihonlarda abituriyentlar orasidan mashaqqat chekib, maʼlum maʼnoda ilm yoʼlining bir bosqichini zabt eta olgan yoshlar saralab olindi. Buning uchun, avvalambor, Yurtboshimizdan minnatdorman.

         Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi birinchi bosqich talabalarini koʼtarinki ruhda kutib olib, talabalarning dars mashgʼulotlari bilan bogʼliq boʼlgan barcha savollariga javob berishdi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish