Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Institut rektori akademik litsey o’quvchilari bilan tanishuv darslarida ishtirok etdi


Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylar 15-oktabrdan boshlab anʼanaviy taʼlimga qaytishi to'g’risida joriy yilning 5-oktabr sanasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining «Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020/2021-oʻquv yilini anʼanaviy tarzda boshlash to'gʻrisida»gi 518-sonli buyrugʻi imzolandi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham an'anaviy o’quv jarayonlarini boshlash oldidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Joriy yilda litseyga qabul qilingan o’quvchilar bilan bugun, 15-oktabr kuni institut rektori I.Tuxtasinov, institut o’quv ishlari bo’yicha prorektor F.Ro’ziqulov, litsey direktori Z.Qo’ziyev va boshqa o’qituvchilar hamda birinchi bosqichga qabul qilingan o’quvchilar ishtirokida tanishuv darslari tashkil etildi.

— Avvalo, sizlarni litseyimizga qabul qilinganliklaringiz bilan chin dildan tabriklayman va o’qishlaringizga omad tilayman, – deydi institut rektori I.Tuxtasinov. – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi ijobiy xulosa bersa, endilikda o’quv jarayonlarini sanitariya talablariga qat’iy rioya etgan holda an’anaviy tarzda boshlashni rejalashtirmoqdamiz. O’quv jarayonida ishtirok etadigan barcha professor-o’qituvchilar hamda o’quvchilar tibbiy tekshiruvdan o’tkaziladi.

Ma’lumot o’rnida shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, pandemiya davrida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida an’anaviy o’quv jarayonlarini boshlash yuzasidan litseyda ta’lim olayotgan o’quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Unda 96 foiz ota-onalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida 68 foiz ota-onalar o’quv jarayonini an’anaviy boshlash tarafdori bo’lishgan bo’lsa, 32 foiz ota-onalar esa o’quv jarayonlarini onlayn davom ettirish tarafdorlari bo’lishdi.

An’anaviy o’quv jarayonlarida ishtirok etadigan o’quvchilar akademik litseyda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda davom ettiradilar. O’quv jarayonlarini onlayn davom ettirish tarafdori bo’lganlar Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi Moodle elekteron ta’lim platformasida onlayn tarzda davom ettirishadi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish