Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi birinchi universitetning rasman ochilish marosimi bo’lib o’tdi


Bugun Samarqand shahrida "Ipak yoʼli" xalqaro turizm universitetining rasman tantanali ochilish marosimi oʼtkazildi. Mazkur universitet Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi birinchi universitet hisoblanadi. Marosimda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi raisi А.Аbduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, oliy ta’lim muassasalari  rektorlari, xorijlik mehmonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda universitet talabalari va bir qator mehmonlar ishtirok etishdi.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti tashkil etilganiga hali ko’p vaqt bo’lgani yo’q, lekin shunga qaramay, bugungi kunda u eng taniqli va nufuzli oliy o’quv yurtlaridan biri va mamlakatimizdagi turizm sohasidagi yetakchi oligohlardandir. Universitet professor-o’qituvchilarining 30 foizi yetakchi xorijiy oliy o’quv yurtlarining o’qituvchilari ekanligi alohida e’tiborga sazovor. Eng yaxshi mutaxassislar o’zlarining keng va chuqur bilimlarini universitet talabalari bilan bo’lishadi. Universitet talabalarga ilg’or xorijiy universitetlarda o’qish, malaka oshirish va tajriba orttirish imkoniyatini yaratib beradi.

Universitetning aynan Sharqning ilm-fan, madaniyat markazi sifatida tanilgan, o’ziga xos yutuqlari va an’analari bilan mashhur bo’lgan Samarqandda joylashganligida o’ziga xos ma’no mujassam. Ilm-fan dunyosida Buyuk Britaniyaning mashhur Oksford universiteti nufuzi va salohiyatini olgan qadim shahar ruhi universitetni qo’llab-quvvatlagay.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish