Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“MАKTАB TА’LIMINI BOSHQАRISH: NАZАRIYA VА АMАLIYOT UYGʼUNLIGI”


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tashabbusi bilan umumiy oʼrta taʼlim maktablari direktorlari uchun ushbu mavzuda ikki kunlik seminar boʼlib oʼtmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 30-sentabrdagi “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xalq taʼlimi xodimlariga yoʼllagan murojaati, tizimdagi muammolar va ularning yechimiga doir taklif va tashabbuslarining ijrosini taʼminlash, umumtaʼlim muassasalari rahbarlarining davlat organlari va tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari bilan integratsiyasini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, maktab direktorlari ishtirok etdi.

Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy filiali direktori Dilshod Nasimov “Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish”, viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori Аʼlam Ibragimov “Malaka oshirishda “Umr davomida oʼqitish” (Life Long Learning) tamoyilini tatbiq qilish”, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Taʼlim muassasasi boshqaruvida zamonaviy boshqaruv metodlaridan foydalanish” mavzularida maʼruzalar qilishdi.

Seminar ishtirokchilari guruhlarga boʼlingan holda, oʼzaro savol-javob va muloqotga boy shaklda oʼtmoqda. Maktab direktorlari mutaxassislardan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.

Tinglovchilar Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, TАTU Samarqand filiali, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi viloyat boʼlimi, Аdliya va Moliya boshqarmalarining rektor, rahbar va yetakchi mutaxassislarining maʼruzalarini tinglab, ularning muhim taklif va tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega boʼlishadi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish