Bosh sahifa Yangiliklar Prezident farmon va qarorlari

Oliy ta'lim muassasalariga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi


Samarqand davlar chet tillar instituti

Prezident qaroriga (PQ–4884-son, 06.11.2020 y.) ko‘ra,
 
— 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash choralari ko‘riladi. 
 
— Tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limlarida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.
 
— 2021/2022 o‘quv yilida psixologiya sohasidagi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi. 
 
2021-yil 1-yanvardan:
 
— davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilib, test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy o‘rta taʼlim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi;
— tuman (shahar) xalq taʼlimi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq taʼlimi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.
 
— Qaror bilan Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi. 
 
 — Qarorga ko‘ra shuningdek, “Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
 
Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish