Bosh sahifa Yangiliklar Prezident farmon va qarorlari

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida


Farmonni yulab olish

Pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlarga xalq ta’limi sohasi xodimlarining malakasini oshirish huquqi berildi
 
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. (PF-6108-son, 06.11.2020 y.).
 
Farmon bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda lisenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi berildi.
 

OTMlar va NTTlarning pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ushbu maqsadlar uchun Xalq ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.
 

2021/2022-o‘quv yilidan professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi
 
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi (https://t.me/eduuz_lotin/3) (PF-6108-son, 06.11.2020 y.).
 
✅ Farmonga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan:
 
— amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi;
 
— dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ish haqi to‘lanadi;
 
— professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar bo‘yicha ”WorldSkills Uzbekistan” musobaqalari o‘tkaziladi;
 
— professional ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.
 

chop etish