Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

TALABALAR KELAJAK POYDEVORI


Samarqand davlar chet tillar instituti

Аssalomu alaykum, iqtidorli, ilmga chanqoq, aqlli va oʼz ustida tinimsiz ishlaydigan, kelajagimiz poydevori bo’lgan aziz talabalar! Sizlarni "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.

Tanlagan sohangiz boʼyicha eng yaxshi mutaxassis boʼlishingizni hamda alohida Samarqand davlat chet tillar instituti iftixori bo’lib, yurtimiz ravnaqi yo'lida oʼz hissangizni qoʼshishingizni tilayman. O'qshlaringizda omad yor va ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo’lsin!

Institutimiz erishayotgan yutuqlarda sizning ham hissangiz bor. A’lo baholarda o‘qiyotganingiz, dars jarayonlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etayotganingiz tufayli institut mintaqada yetakchi oliygohlardan biriga aylandi.

Talabalarimiz bilim salohiyati bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinlarda turibdi. Qolaversa, xalqaro doirada o’tkazilayotgan fan olimpiadalarida talabalarimizning faxrli o’rinlarni egallashi hammamizga g‘urur baxsh etishi shubhasiz.

Aziz talabalar, sizlarni yoshlik bahori, umringizning unitilmas lahzalari bo’lib muhrlanib qoladigan bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.

Ilxomjon TUXTASINOV,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori. 

chop etish