Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Germaniya bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi


Sir emaski, bilim berish, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish jarayoni, kishilarni hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar sonining yildan yilga ortib borishi o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilish, professor-o‘qituvchilarni ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish lozim ekanligiga urg‘u bermoqda.

Bu xususida davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat darajasini oshirish yo‘lida ustuvor vazifa sifatida, dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba almashish, global ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etish kabi vazifalar belgilab berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti ham xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Hozirgi vaqtda 75 dan ortiq xorijning nufuzli OTMlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari davom etayotir. Jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilishga astoydil harakat qilinmoqda.

Ayni damda Samarqand davlat chet tillar institutida 35 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar faoliyat ko’rsatishmoqda. Ularning safi bugun yana bir nafarga ko’paydi. Jahon mamlakatlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Germaniyaning DAAD tashkiloti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligi doirasida germaniyalik Spefan Anton Umbach 2 yil davomida institutimizda DAAD tashkilotining Samarqanddagi Lektori sifatida o‘z faoliyatini boshladi.

Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov DAAD tashkilotining Samarqanddagi Lektori Spefan Anton Umbach bilan uchrashuv o‘tkazdi. Jarayon davomida kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish