Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar yetakchisi Erali Raxmatov ishtirokidagi ishchi guruh institutning kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq suhbatda bo’ldi va ularning taklif hamda fikr-mulohazalarini tinglashdi.
Talabalar bilan ochiq suhbatni tashkil etishdan asosiy maqsad kechki ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning dars mashg’ulotlari yakunlangach o’z uylariga qaytishlari uchun aynan qaysi yo’nalishlarda avtobus qatnovlarining tashkil etilishiga ehtiyoj yuqoriligini o’rganish bo’ldi.
Jarayon doirasida talabalar o’z takliflarini, fikrlarini bildirishdi va natijada “Bo’stonsaroy” (93 uy) ko’chasida joylashgan Samarqand davlat chet tillar instituti bosh binosidan
- Qorasuv massiviga
- Kaftarxona avtobekatiga
- Hazora avtobekatiga
- Sattepo massiviga
kabi yo’nalishlarda avtobus qatnovlariga ehtiyoj yuqoriligi ma’lum bo’ldi.
Hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand viloyati transport boshqarmasi mutasaddilari birgalikda yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilab olishmoqda.