Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

"Jahon talabalar sammiti"ning o’tkazilishida Samarqand davlat chet tillar instituti tashabbuskorlik ko’rsatdi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2019-yil 30-sentabrdagi 828-sonli qaroriga muvofiq 2020-yilning 4-dekabr kuni “Jahon talabalar sammiti” Samarqand davlat chet tillar institutida onlayn tarzda o’tkazildi.

Sammitni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha oʻrinbosari Y.Absoatov kirish so’zi bilan ochib berdi va sammit ishiga hamda talabalarning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Jumladan, jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, prorektor SH.Ashurov, xalqaro hamkorlik bo’limi bo’shlig’i B.Berdialiyevlar bilan birgalikda O’zbekiston, Hindiston, Rossiya kabi davlatlardan jami bo’lib 200 nafarga yaqin talabalar, shuningdek, qiziquvchilar ishtirok etishdi.

Ushbu sammitning o’tkazilishidan ko’zlangan maqsad:

— Samarqandda turizm bilan bog’liq muammolarni hal etishda ta'lim va biznes hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o’rgangan holda tavsiyalar ishlab chiqish;

— Yoshlarni turizmga qiziqtirish va milliy turizmni rivojlantirish bo’yicha xorijiy hamkorlar bilan birgalikda  yangi loyihalar yaratish;

— Top turistik mamlakatlarning turizm sohasida erishgan yutuqlarini o’rganish;

— Samarqand viloyati imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Milliy turizmni yanada rivojlantirish strategiya”sini ishlab chiqish;

Sammit quyidagi yo’nalishlarda ish olib bordi:

  1. Iqtisodiyot.
  2. Xalqaro munosabatlar.
  3. Diplomatiya va madaniyatlararo muloqot.
  4. Turizm.

Intervyu

— “O’ylaymanki, ushbu sammitning mazkur yo’nalishlar bo’yicha ish olib borishi mamlakatimizda ushbu sohalarning yanada rivojlanishiga va yechimini kutib turgan muammolarning hal etilishida katta ahamiyatga ega”, – deydi institut rektori I.Tuxtasinov. — “Shu munosabatda sammit ishiga muvaffaqiyat tilab, ishtirokchilarga, xususan, respublikamiz hamda xorij mamlakatlaridan turib, onlayn ishtirok etayotgan talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz”.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish