Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Samarqand davlat chet tillar instituti Past Darg'om tumani maktab o'qituvchilarining tajribasini oshirishda ko'mak beradi


Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori ishtirokidagi ishchi guruh Samarqand viloyati Past Darg'om tumanidagi 5-, 6-, 15-umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyurdi va maktablarda faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar, pedagog xodimlar hamda tahsil olayotgan o'quvchilar bilan tanishdi, shuningdek, ularning faoliyatini, takliflarini, fikr-mulohazalarini va muammolarini batafsil o'rganishdi.

 

O'rganish davomida maktablarning kutubxonalarida o'quv adabiyotlari va darsliklar, shuningdek, kompyuter texnologiyalarining yetishmasligi, jumladan, isitish tizimi ko'mir yoqilishi orqali isitiladigan bo'lib, elektr toki o'chib qolishi oqibatida darsxonalarning sovib ketishi ma'lum bo'ldi. 

 

Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov endilikda maktablarda faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar hamda pedagog xodimlarning xorijiy tillarni o'qitish borasidagi tajribalarini oshirishda, nufuzli xorijiy davlatlardagi yangidan yangi o'qitish metodikasini tumandagi umumta'lim maktablarida  joriy etishda ko'mak berishini ta'kidlab o'tdi.

 

Kelgusida maktablarning faoliyati yanada rivojlanishi va o'qituvchilarning malakasi oshishi uchun Samarqand davlat chet tillar instituti o'quv hamda metodik qo'llanmalar, faydalanadigan adabiyotlar bilan ta'minlashda, shuningdek,  maktab o'quvchilariga xorijiy tillarni makammal tarzda o'rgatishda hamkorlik qiladi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

chop etish