Bosh sahifa Yangiliklar Nutqlar

Ilxomjon Tuxtasinov: “Bosh Qomusimiz — yurt tayanchi”


Shu kunlarda yurtimiz, respublikamizning barcha axolisi buyuk bayram – O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligini nishonlashmoqda. 
 
Bizning bosh Qomusimiz, ya’ni baxtimiz qomusi hisoblangan Konstitutsiyamiz barcha yurtdoshlarimizni jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar bir xil huquq va ozodlik bilan ta’minlaydi. 
 
Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda o’zbek xalqining ko’p asrlik tarixiga asoslangan. Uning jamiyatda tutgan o’rni mamlakatimiz rivoji, xalqimizning ma'naviy boyliklarini ko’paytirish yo’lida ko’p qirrali va yorug’ yo’llarni ochib berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hayotimizdagi barcha sohalarni, shu qatorda ta'lim sohasida ham yaxshi imkon yaratmoqda.  
 
Barcha fan arboblari, ta’lim sohasi vakillari, o’quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasini xalqimizning buyuk bayrami – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  28 yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Sizlarga tinchlik-hotirjamlik, baxt-saodat va kelgusidagi faoliyatingizda omadlar tilayman.
 

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov

chop etish