Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Roman-german tillari fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalarining yangi jabhalari


Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida xalqaro hamkorlik aloqalarining yangi jabhalari o'z aksini topmoqda.

Ushbu fakultetda Germaniyaning DAAD tashkiloti lektori Anton Umbach o'z faoliyatini boshladi. U endilikda fakultet talabalariga nemis tili va adabiyotidan saboq beradi. 

Anton Umbach ingliz, fransuz, italyan va ispan tillarida ham bemalol so'zlashadi, tajribali mutaxassisdir. U talabalarga dars mashg'ulotlarini o'tibgina qolmay, balki fakultetda qiziquvchilar uchun nemis tili va madaniyatini o'rgatuvchi to'garakni tashkil etishni ham o'z oldiga maqsad qilib oldi. 

Ushbu to'garakda barcha xohlovchilar, jumladan, talabalar va o'qituvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, lektor turli xil davlat va nodavlat grantlari hamda stipendiyalar haqida ham kerakli ma'lumotlarni berib kelmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti


SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish