Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Xudaynazar YUNUSOV: "Inson kim bo‘lishi va jamiyatda qanday mavqeni egallashidan qat’iy nazar, til uning hayotida muhim rol o‘ynaydigan vositalardan biridir"


Samarqand Veterinariya meditsinasi institutida “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun – mohiyatiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Konferensiyada Samarqand shahar Adliya boshqarmasidan, Iqtisodiyot va servis instituti, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutidan mas’ul vakillar hamda professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alibek Gapparov ochib berdi va mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirdi.

“Inson kim bo‘lishi va jamiyatda qanday mavqeni egallashidan qat’iy nazar, til uning hayotida muhim rol o‘ynaydigan vositalardan biridir,” – deydi konferensiya ishtirokchilarini qutlar ekan institut rektori professor Xudaynazar Yunusov. 

Muassasa rahbari o‘z hayoti davomida bo‘lib o‘tgan til bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni keltirib o‘tdi. Ona tilini mukammal bilish kishiga qanday imkoniyatlarni taqdim etishi xususidagi fikr – mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samarqand shahar Adliya bo‘limi katta maslahatchisi Sh.Mahkamov joriy yilning 20-noyabrida e’lon qilingan mazkur farmonning bandlari, umuman Davlat tili to‘g‘risida respublikamizda qabul qilingan huquqiy normativ hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan majburiyatlar bo‘yicha ma’ruza qildi. Shuningdek, mazkur farmonning ijrosi yuzasidan amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar xususida to‘xtaldi.

Samarqand davlat chet tillar instituti professori, X.Xayrullayevning ma’lumotida keltirilishicha, ayni kunda yer yuzida 5 600 ga yaqin tillar mavjud, O‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish, uni turli tazyiqlardan asrash bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlarimiz xususidagi tilshunos olimning mulohazalari konferensiya ishtirokchilari tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Konferensiyada til siyosatini shakllantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli qanday bo‘lishi lozimligi xususida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dosenti I. Mattiyevning ma’ruzasi tinglandi. Farmonga binoan endilikda har bir OTMda uning yo‘nalishidan qat’iy nazar, o‘zbek tili kafedralari faoliyati kengaytiriladi va unda ish olib boruvchi mutaxassislar soni ham oshiriladi.

Anjuman yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan davlat tili mavzusiga oid savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va atroflicha javoblarga ega bo'lishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti


Gulchehra BERDIYOROVA,
SamVMI Axborot xizmati rahbari

 

chop etish