Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

Diqqat! “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi bo’lib o’tadi


Samarqand davlat chet tillar instituti

Besh muhim tashabbusning to’rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu munosabat bilan O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tashabbusida joriy yilning 15-17 dekabr kunlari “Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand shahar saralash bosqichi o’tkaziladi.

Ushbu tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan kitobxonlikka qiziquvchi professor-o’qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. 

Diqqat!
Tanlov Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti binosida bo’lib o’tadi.

— 15 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar uchun 16-dekabr soat 9:00 da boshlanadi.
— 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar  uchun 17-dekabr soat 9:00 da boshlanadi. 

Tanlovga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlaringiz so’raladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish