Bosh sahifa Yangiliklar E'lonlar

SamDCHTIning barcha talabalari “Jahon tillari she’riyat Festivali”ga taklif etiladi


Samarqand davlat chet tillar instituti

Festivalning faol ishtirokchilari Xitoy xalqaro ta’lim Fondi (Chinese International Education Foundation)ning qimmatbaho sovg’alari hamda maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

Festivalning birinchi bosqichi fakultetlarda quyidagi nominatsiyalar bo’yicha fakultetlar kesimida tashkil etiladi:

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti bo’yicha:

1. O‘zbek she’rlaridan xitoy tilida ijro etish;

2. Xitoy she’rlaridan o‘zbek tilida ijro etish;

3. Xitoy she’rlaridan xitoy tilida tilida ijro etish;

4. O‘zbek she’rlaridan o‘zbek tilida ijro etish;

5. Koreys she’rlaridan koreys tilida ijro etish;

6. Yapon she’rlaridan yapon tilida ijro etish;

7. Arab she’rlaridan arab tilida ijro etish;

Roman-german tillari fakulteti bo’yicha:

1. Ingliz she’rlaridan ingliz tilida ijro etish;

2. Fransuz she’rlaridan tilida ijro etish;

3. Nemis she’rlaridan nemis tilida ijro etish;

4. Italyan she’rlaridan italyan tilida ijro etish;

5. Ispan she’rlaridan ispan tilida ijro etish;

6. Rus she’rlaridan rus tilida ijro etish;

 

Ingliz tili I fakulteti bo’yicha:

1. Ingliz she’rlaridan ingliz tilida ijro etish;

Ingliz tili II fakulteti bo’yicha:

1. Ingliz she’rlaridan ingliz tilida ijro etish;

Ishtirokchilar tanlangan nominatsiya bo‘yicha chet el milliy kiyimini namiyosh etishi hamda ijro jarayonida chet el milliy musiqasidan foydalanishlari talab etiladi.

Har bir nominatsiya bo’yicha bir nafardan ishtirokchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etadi va festival homiysining qimmatbaho sovg’alariga ega bo‘ladi.

Festivalda ishtirok etishni istagan talabalar o‘zi tahsil olayotgan fakultet dekan o’rinbosariga murojaat qilishlari mumkin:

Murojaat uchun mas’ullar:

Ingliz tili I fakulteti dekan o’rinbosari – A.Abdullayev (tel: +998915351884)

Ingliz tili II fakulteti dekan o’rinbosari – X.Shomuhammedov (tel: +998901096299)

Roman-german tillari fakulteti dekan o’rinbosari – O’.Burxonov (tel: +998906560656)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekan o’rinbosari – N.Daminov (tel: +998975798870)

Festivalni www.samdchti.uz sayti orqali (zoom dasturida) to‘g'ridan to‘g’ri (onlayn) kuzatish imkoniyati yaratiladi.

Tashkilotchilar:

SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo’limi

SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy Instituti

Tel.: +998662382952

 

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish