Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Rektor: Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni dunyoning rivojlangan mamlakat fuqarolari bilan raqobatlasha oladigan komil inson sifatida shakllantiramiz


Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qorori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarining uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilandi.

Shu munosabat bilan bugun, 23-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida institut rektori, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida vazifalar taqsimotini belgilab olish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:

Chet tillari taʼlimini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadlari

– O‘zbekiston Respublikasida taʼlimning barcha bosqichlarida chet tili  o‘qitilishining uzviyligini taʼminlash hamda kelajak avlodni ko‘p madaniyatli dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish;

– taʼlim va tarbiya jarayonini uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarda boshqa millat va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va anʼanalariga hurmat tuyg‘usini shakillantirish;

– ularda real hayotdagi voqea-hodisalarga munosabat bildirish, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirilishidan iborat.

Chet tillari taʼlimini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

– 21-asrning tez, o‘zgaruvchan va doimiy yangilanib boradigan axborot va texnika manbaini inobatga olgan holda chet tillarining o‘qitish tizimining moslashuvchanligini, yangilanib borishini taʼminlash hamda fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;

– taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmani shakllantirish;

– taʼlimning barcha bosqichlarida chet tillari o‘qitilishining uzviyligini va yondosh fanlararo bog‘liqlikni taʼminlash;

– fan mavzularining mazmunan yaxlitligini, mantiqiy ketma-ketlik va izchilligini, o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda faktlar, tushunchalar va qoidalarni tushunarli bayon qilinishi;

– chet tillari fanining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish, hamda baholashning barcha bosqichlarida o‘quvchining Davlat taʼlim standarti asosida olgan bilim, koʼnikma va malakasiga mos talab belgilash;

– o‘quvchilarda real hayotdagi voqea-hodisalarga munosabat bildirish hamda kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish orqali ularni o‘z fikrlarini chet tillarida erkin bayon eta olishlarini, o‘rganilayotgan tilda taqdim etilgan maʼlumotni anglay olish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

– kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni dunyoning rivojlangan mamlakat fuqarolari bilan raqobatlasha oladigan komil inson sifatida tarbiyalash tizimining bir bo‘lagiga aylantirish kabilar.

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish