Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishishdi


Samarqand shahrida yangi tashkil etilgan IT PARK o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bugun, ya'ni 24-dekabr kuni ushbu muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Muassasa va institut xodimlari tashabbussida tashkil etilgan mazkur tanishuv sayohatida talabalar IT PARKning to'liq faoliyati hamda yaratilgan qulayliklari va imkoniyatlaridan xabardor bo'lishdi.

Shunisi ham ahamiyatliki, ushbu muassasada talaba-yoshlarga yaratilgan muhim qulayliklardan biri kompyuter texnologiyalaridan alo darajada foydalanishni o'rgatuvchi o'quv kurslari ham tashkil etiladi. O'quv kurslarida turli xil dasturlarni yaratish usullari va imkoniyatlari ham o'rgatiladi.

Samarqand davlar chet tillar instituti   Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti   Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

 

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish