Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Nomdor davlat stipendiyalariga qanday erishish kerak?


Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Nurmuhammed Ingliz tili-II fakulteti 2 kurs talabalari bilan uchrashib, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy mavzu tanlash hamda ilmiy maqola yozish jarayonlari bilan tanishtirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalariga qanday erishish va bunda nimalarga e’tibor qaratish va ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonlari haqida batafsil tushuncha berib o‘tdi.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida 2020-yil 8-oktabrdagi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 79-son bayoni 19-bandida Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand viloyati yoshlarining startap loyihalarini va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjetning qo‘shma manbalaridan har chorakda 1 mlrd. so‘mdan mablag‘ ajratilishi startap loyihalarga qiziquvchi yoshlarning qiziqishiga sabab bo‘ldi. Bu borada Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i talaba-yoshlarga batafsil tushuncha berib o‘tdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish