Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Startap loyihalarini bozorlarda qanday qilib sotish kerak?


Samarqand shahrida yangi tashkil etilgan IT PARK o'z faoliyatini davom ettirayotganligi haqida avval xabarlarimizda ham aytib o’tgan edik. Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ushbu muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Muassasa va institut xodimlari tashabbussida tashkil etilgan mazkur tanishuv sayohatida talabalar IT PARKning to'liq faoliyati hamda yaratilgan qulayliklari va imkoniyatlaridan xabardor bo'lishdi.

Shunisi ham ahamiyatliki, ushbu muassasada talaba-yoshlarga yaratilgan muhim qulayliklardan biri kompyuter texnologiyalaridan alo darajada foydalanishni o'rgatuvchi o'quv kurslari ham tashkil etiladi. O'quv kurslarida turli xil dasturlarni yaratish usullari va imkoniyatlari ham o'rgatiladi.

IT PARK Samarqand filiali startaplar bilan ishlash boʼyicha hududiy menejeri Аbdulaziz Suyarov institutimiz talaba-yoshlariga master-klass oʼtib berdi.

Bunda startap loyihalarga qiziquvchi yoshlarimiz oʼzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil maʼlumot olishdi. Davra suhbati bahs-munozaralarga boy boʼlib, gʼoyani amalga oshirishdan to bozorga chiqarib sotish jarayonigacha boʼlgan davrni taqsimlash, jamoa bilan ishlash, muammolarning yechimi va dolzarbliligi haqida Аbdulaziz Suyarov oʼz tajribasini talabalar bilan oʼrtoqlashdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish