– Tanqidiy materiallar joylardagi koʼplab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchi va halovatini buzayotgani ham bor gap, – dedi davlatimiz rahbari. – Lekin oshkoralik va soʼz erkinligi – bu davr talabi. Bu Oʼzbekistondagi islohotlarning talabi. Oʼtgan 4 yil davomida jamiyatda ochiqlik va oshkoralik, soʼz erkinligi muhitida yashash va ishlashga asta-sekin oʼrganib borayapmiz. Qiyin boʼlyapti, lekin oʼrganyapmiz. Аdolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlayotgan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni koʼrsatib, ularning uslubini oʼzgartirish va masʼuliyatini oshirishga majbur qilmoqda.
Bundan buyon har bir davlat organi oʼz faoliyati davomida OАV bilan yaqin hamkorlikni yoʼlga qoʼyishi zarurligi taʼkidlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati