Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDCHTI va Altay davlat pedagogika universiteti hamkorligida onlayn seminar tashkil etildi


Samarqand davlat chet tillar instituti va Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti o’rtasida qo’shma ta’lim dasturi doirasida rus tili o’qituvchilari uchun "Типологические контрасты русского и узбекского языков в методическом аспекте" mavzusida metodik seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Altay davlat pedagogika universiteti dekan o’rinbosari Umumiy va rus tilshunosligi kafedrasi filologiya fanlari nomzodi dotsenti Nadejda Gennadevna Voronova, SamDCHTI qoshma ta’lim dasturlari bo’lim boshlig’i X.Muzropov  hamda SamDCHTI rus tili filologiyasi kafedrasi o’qituvchilari, Belgorod milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlari doirasida tahsil olayotgan Lingvistika:ingliz tili yo’nalishining ikkinchi bosqich magistrantlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Altay davlat pedagogika universiteti dekan o’rinbosari Umumiy va rus tilshunosligi kafedrasi filologiya fanlari nomzodi dotsent Nadejda Gennadevna Voronova "Типологические контрасты русского и узбекского языков в методическом аспекте" mavzusida ma’ruza qildi va seminarda hozirgi kunda rus va o’zbek tillarini o’rganishda mavjud muammoli vaziyatlar xususida fikr-mulohazalar almashinildi. Seminarda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.   

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish