Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Davlat rahbarining farmon va qarorlari amalda yoxud maktablar faoliyatidagi kutilmagan islohotlar


Joriy yilning 12-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutida keng miqiyosidagi ochiq eshiklar hamda seminar-treninglar bo’lib o’tdi. Unda institut rahbariyati vakillari, maktab direktorlari hamda o’qituvchilari, Past Darg'om tuman xalq ta'lim bo'limi va maktab o'qituvchilari, Samarqand shahar xalq ta’lim bo’limi xodimlari, shuningdek, o’quvchilar ishtirok etishdi.

Jarayonni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va davlat rahbarining 2020-yil 6-noyabr kuni chiqarilgan “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 6108-sonli Farmoni, shuningdek, muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy majlis bilan birga xalqimizga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirib, sharhlab o’tdi.

— “Mazkur farmon hamda qaror mamlakatimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, oʼqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʼlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirish, taʼlim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratildi” – deydi, institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov. – Jumladan, endilikda xalqaro fan olimpiadalarida gʼoliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarni tayyorlagan umumtaʼlim muassasalarining oʼqituvchilariga oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʼqituvchilariga bosh oʼqituvchi malaka toifasi beriladi hamda umumiy oʼrta, oʼrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qoʼshimcha toʼlovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlangʼich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi”.

Shuningdek, jarayon doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyatini ko’rsatib beruvchi videorolik bilan birgalikda “Maktablar: kelajak hamkori” loyihasining taqdimoti hamda institut ta’lim tizimi va ta’lim yo’nalishlari, shuningdek, o’quv jarayonlarini aks ettirgan taqdimotlar namoyish etildi.

Jumladan, jarayonni kuzatayotgan maktab o’quvchilari ishtirokida oliy ta’lim muassasiga namunaviy ingliz tilidan kirish test jarayoni o’tkazildi. Unda o’quvchilar Samarqand davlat chet tillar instituti o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan testlarni ishlab chiqishdi. Bu o’quvchilarga yaxshigina ruhlantirish bo’ldi.

Tadbirda ishtirok etgan har bir maktab o’quvchisi maxsus sertifikat hamda shaxsan institut rektorining o’zi tarjima qilgan tarjima asarlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirdan so’ng barcha maktab o’qituvchi hamda o’quvchilariga institut faoliyati, kutubxonalari, shuningdek, zamonaviy kompyuter xonalari bilan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar marosimi tashkil etildi.

 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

__________

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish