Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand shahar va Past Darg’om tumani xalq ta’limi bo’limlari qo’shma Dasturining birinchi bosqichi yakunlandi


Joriy yilning 12-16 yanvar kunlari Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand shahar va Past Darg’om tumani xalq ta’limi bo’limlarining qo’shma Dasturi asosida bir hafta jarayonida uchrashuvlar, seminar–treninglar hamda mahorat darslari tashkil etildi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni institutda Samarqand shahar va Past Darg’om tumanlari umumta’lim maktablarining ingliz tili o’qituvchilari ishtirokida “Ustozlar bellashuvi” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovda chet tili o’qituvchilari CEFR talablari asosida til bilish darajasi ko’nikmalari (o’qish, yozish, tinglash va gapirish) bo’yicha o’z bilimlarini sinab ko’rishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra Samarqand shahar 58-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Dildora Safarova uchinchi o’rinni, Past Darg’om xalq ta’limiga qarashli 46-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Lamiyeva Farida ikkinchi o’rinni va Samarqand shahar 45-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Qurbonova Dilnoza faxrli birinchi o’rinni egalladi.

Jarayon doirasida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov hamda Samarqand shahar Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari A.Normurodov hozirgi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutining umumta’lim maktablari bilan hamkorlik aloqalari haqida batafsil to’xtalib o’tishdi.

Jarayon so’ngida tanlovning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar hamda sovrindorlarga maxsus diplomlar bilan birgalikda esdalik sovg’alari ham taqdim etildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish