Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Talabalarning taklif hamda mulohazalari tinglandi


Joriy yilning 16-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov Ingliz tili – II fakultetida tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv jarayonida fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, fakultet professor-o’qituvchilari, shuningdek, talabalar ishtirok etishdi.

Jarayon davomida prorektor Fazliddin Ro’ziqulov oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub burilishlar, ijobiy o’zgarishlar hamda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar tinglandi.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy tarzda davom etdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish