2018-yilning noyabr oyida SamDCHTI rektori professor I.Tuxtasinovning Fransiyaga xorij safari davomida SamDCHTI va Fransiyaning Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy instituti o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish to’g’risida hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “Xalqaro Kredit Mobilligi” loyihasi bo‘yicha SamDCHTIning 2 nafar magistrantlari Sharipova Rushana hamda Turayeva Maftunalar Fransiyaning Versal Akademiyasi huzuridagi o‘qituvchilarni tayyorlash milliy institutida bir semestr davomida (2021-yilning 22-yanvaridan 18-iyuniga qadar) stajirovka o‘tash imkonini qo’lga kiritishdi.
Talabalar xorij safari oldidan institut rektori bilan uchrashishdi. Uchrashuvda safar rejasi, maqsad va vazifalar belgilandi va talabalarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
SamDCHTI Axborot xizmati