Samarqand davlat chet tillar institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov Ingliz tili – I fakultetida tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv jarayonida fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, fakultet professor-o’qituvchilari, shuningdek, talabalar ishtirok etishdi.
Jarayon davomida prorektor Fazliddin Ro’ziqulov oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub burilishlar, ijobiy o’zgarishlar hamda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib o’tdi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar tinglandi.
Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy tarzda davom etdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati