Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

“Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi


Afsuski, so‘nggi yillarda oilaviy ajrimlarning ko‘lami tobora ortib bormoqda. Bu boradagi raqamlarni qisqartirish, yoshlarni hayotga tayyorlash borasida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida uzoq gapirish, uzundan-uzun misollar keltirish mumkin.

Aynan yuqoridagi jihatlarga e’tibor qaratilgan holda Samarqand davlat chet tillar institutining talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hamda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining professor-o’qituvchilari D.Begmatova, N.Daminova, shuningdek, institut psixologi J.Saydullayevlar o’rtasida “Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida oila hayotning adabiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllari qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligi muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlab o’tildi.

Jarayon turmush qurish arafasidagi qizlarga qaratildi va eng murakkab jarayon, ya’ni o’zida ruhan oilaviy hayotga ishonchni shakllantirish lozimligi, shuningdek, mazkur jarayonni aniq reja asosida amalga oshirish kerakligi kabilar so’zlab o’tildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

_________
SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish