Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va davlat hamda nodavlat malaka oshirish markazlari direktorlari ishtirokida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan davlat boshqaruvi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan rahbar xodimlarning bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish, ularni oʼqitish va malakasini oshirish belgilandi. 

Shu munosabat bilan joriy yilning 19-yanvar kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali tashabbusi bilan А.S.Pushkin nomidagi kutubxonaning faollar zalida viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va davlat hamda nodavlat malaka oshirish markazlari direktorlari ishtirokida ochiq muloqot boʼlib oʼtdi. 

Mazkur ochiq muloqotni tashkil etishdan maqsad viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritib kelayotgan 7200 dan ziyod davlat fuqarolik xizmatchilarini 2021-yil davomida malakasini oshirish, bunda oliy taʼlim muassasalari va malaka oshirish markazlarining imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat boʼldi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

___________

SamDCHTI Axborot xizmati

chop etish